2 Iyun 2022 yil
990
Jurnalist va blogerlar diqqatiga!
#E’lon
Jurnalist va blogerlar diqqatiga!
03 iyun kuni soat 10:00 da viloyat Ichki ishlar boshqarmasida Boshqarma boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov ishtirokida “Ichki ishlar organlarini xalqning ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish hamda aholi bilan maqsadli ishlashga yo‘naltirish borasida olib borilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Anjumanda sohada bo‘layotgan yangilik va o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Samarqand shahridan tashqari boshqa hududlarida yashab, faoliyat ko‘rsatadigan jurnalist va blogerlarga qulaylik yaratish maqsadida, hududiy IIBlardagi studiyalarda sharoit qilingan bo‘lib, masofadan onlayn tarzda qatnashishlari mumkin.