“Kasbiy olimpiada o‘yinlari”ga start berildi
Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan har yili ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Kasbiy olimpiada o‘yinlari” musobaqasini o‘tkazish orqali “Eng yaxshi safdor”, “Eng yaxshi serjant”, “Eng yaxshi kichik ofitser” va “Eng yaxshi katta ofitser” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash belgilab berilgan.
Shu munosabat bilan, Samarqandda “Kasbiy olimpiada o‘yinlari” musobaqasiga start berildi.
Xodimlar “Kasb a'lochisi” ko‘krak nishoni uchun “Eng yaxshi safdor”, “Eng yaxshi serjant”, “Eng yaxshi kichik ofitser” va “Eng yaxshi katta ofitser” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlarini sinovdan o‘tkazishyapti.
Musobaqa g‘oliblari munosib taqdirlanib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.
Bu kabi musobaqalar viloyatimizning barcha shahar-tumanlarida yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.