12 Oktyabr 2024 yil
2899
“Men donorman” aksiyasida IIB xodimlari ham faol qatnashdilar
Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan donorlik aksiyasida ko‘plab yurtdoshlarimiz saxovatli ishga bosh qo‘shmoqdalar.
Joriy yilning 11-sentabr kuni Samarqand viloyatida ham “Men donorman” shiori ostidagi xayriya aksiyasi tashkil etildi. Ushbu beg‘araz tadbirlarda ichki ishlar organlari xodimlari ham faollik ko‘rsatishdi.
Bu borada shaxsiy tarkib o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilib, qon topshirish istagini bildirgan xodimlarga munosib shart-sharoitlar yaratib berildi. Ko‘ngilli xodimlar salomatligiga jiddiy eʼtibor qaratgan holda aksiyada munosib ishtirok etishdi.