13 Noyabr 2024 yil 3129

Navbatdagi fuqarolar qabuli o`tkazildi

Hayot borki, unda ijtimoiy-maishiy masalalar bo‘lishi tabiiy. Turli xil taqdirlar, masala va muammolar.

Ularning yechimini topishga erishish orqali odamlarning bugunidan roziligi ham ta‘minlanadi.  Uy joy nizosi, kadastr muammosi, ichki ishlar organlariga ishga tiklash va joylashish, tergov faoliyati, firibgarlik, o‘g‘irlik jinoyati bilan bog‘liq murojaatlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Rahmat Mamatovning navbatdagi fuqarolar qabulida atroflicha eshitildi.

Yuzma-yuz qabulda fuqaro Jamshid G‘ulomov avtomashina oldi-sotdisidagi muammoni bayon qilgan bo‘lsa, Adolat Rahimova himoya orderi olish, Ra‘no Ostonova o‘g‘lining ishini poytaxtdan Samarqandga ko‘chirishda amaliy yordam so‘radi.

Bidirilgan murojaatlarga qonuniy yechim topish uchun tegishli soha mutasaddilariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech