“Olam nurga to‘lsin, sen bilan Navro‘z!” shiori ostida nishonlangan Navroʻz umumxalq bayrami Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasida ham tantanavor tarzda oʻtkazildi
Xalqimizning qadimiy bayrami
o‘zida shukronalik, mehr-oqibat, xayru saxovat, bunyodkorlik va bag‘rikenglik singari
yuksak insoniy g‘oyalarni mujassam etgan Navro‘zi olam yurtimizning turli jabhalarida
keng nishonlanmoqda. Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasida
ham Olam nurga to‘lsin, sen bilan Navro‘z ! shiori ostida tantanali bayram tashkil
etildi. Davlatimiz madhiyasi bilan boshlangan tadbirda boshqarma boshlig‘i Rahmat
Mamatov so‘z olib barchani ayyom bilan qutlaydi. Ta’kidlandiki, Navro‘z - milliy o‘zligimizning ajralmas qismidir. Ushbu
kun azal-azaldan insonlar qalbiga shodu hurramlik olib kelishi bilan birga, yaratuvchanlik
zavqi va shijoatini uyg‘otib, insonlari yangi zafarlarga chorlab kelgan.
Bayram
munosabati bilan bir guruh xodimlar ichki ishlar vazirligining ko‘krak nishoni,
faxriy yorliq hamda esdalik qo‘l soatlari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, viloyat
IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan qator xodimlar munosib
rag‘batlantirildi.
Navro‘z azaldan inson ruhiyatida
yangilanish, yosharish ayyomi sifatida nishonlanib, o‘zgacha kayfiyat bilan kutib
olingan. Tinch, osoyishta yurtga bayramlar yarashadi. Albatta, xalqimizning osuda
hayotini ta’minlab, ularning shodiyona kunlarni
xotirjam nishonlashida ichki ishlar organlari xodimlarining xizmati beqiyos. Tadbir doirasida so‘z olganlar osoyishtalik
posbonlarining ana shunday mashaqqatli ammo sharafli mehnatlarini e’tirof etishdi.
Taqdirlanganlar qalbida hayajon. Endilikda bildirilgan ishonchni oqlashda ikki karra
mas’uliyat ortadi.
Taqdirlash marosimi unutilmas
kun sifatida esdalik uchun suratlarga muhrlandi.