Probatsiya xizmati xodimlari bilan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov huzurida Probatsiya xizmati xodimlari bilan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Probatsiya xizmati tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahliliy muhokama qilindi.
Muhokamada viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari, viloyat va shahar-tuman IIB probatsiya xizmatlari shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Boshqarma boshlig‘i hududlarda soha xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tanqid ostiga oldi.
Muhokama so‘ngida tumanda jinoyatchilikni oldini olish borasidagi aniq vazifalar belgilandi.
Shuningdek, xodimlar o‘rtasidagi xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilish masalalari tanqidiy muhokama etilib, har bir xodim xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya etishi, poraxo‘rlik va ta'magirlikka qarshi murosasiz bo‘lishi lozimligi xususida so‘z bordi.
Ichki ishlar vazirligining amaldagi buyruqlari talablariga so‘zsiz rioya etish shartligi taʼkidlanib, bu bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.