16 May 2024 yil 2075

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Nurobod tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xizmat intizomi, qonunchilikni mustahkamlash borasida yig‘ilish o‘tkazdi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Nurobod tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xizmat intizomi, qonunchilikni mustahkamlash borasida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda Boshqarma boshlig‘i ichki ishlar organlari xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, profilaktika inspektorlarining ish yuklamasi, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, hududlarning kriminogen vaziyatidan kelib chiqib, profilaktik ishlar ko‘lamini kengaytirish, xizmat samaradorligini oshirish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Bugun tumanning ayrim hududlaridagi jinoyatlarning oshganligi, ularning o‘z vaqtida oldi olinmaganligi tanqid ostiga olindi.

Shuningdek, probatsiya xizmati hisobida turgan shaxslar bilan ishlash, yirik bozorlar, savdo markazlari hamda aholi gavjum joylarda sodir etilayotgan jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklar, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash, sodir etilayotgan qonunbuzarliklarga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ham o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilish so‘ngida bir qator rahbar va xodimlarga intizomiy ta'sir choralari qo‘llanilib, xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilish borasida kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.

Text to speech