Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatovning ichki ishlar organlarining tezkor xizmat xodimlariga tabrigi
Ichki ishlar sohasida xizmat qilish ikki karra mas’uliyat, hushyorlik demakdir. Ayniqsa, tezkor-qidiruv sohasi xodimlarining mashaqqatli, zahmatli mehnatlarini har qancha e’tirof etsak arziydi. Yurtimizda tinchlik, osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchiliklikning barcha turlariga qarshi kurashishda ushbu yo‘nalishdagi xodimlarning hissasi beqiyos.
Bugun tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tizimdagi islohotlarga xamohang xizmat olib bormoqdaki, natijada Samarqand viloyatida jinoyatchilik sezilarli ravishda kamayishiga erishilganida, hududlarda tinchlik, osoyishtalik hukmronligida namoyon bo‘ladi.
Aziz faxriylar, tezkor-qidiruv sohasida faoliyat olib borayotgan qadrli hamkasblar!
Sizlarni, 5 oktyabr - Tezkor-qidiruv xizmat xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Sizning tinchlikni ta’minlash yo‘lidagi har bir bedor tuningiz, fidoyiligingiz, qasamyodingizga sodiq holda sobitqadam xizmat olib borayotganingizni yuksak qadrlaymiz.
Kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyat, oilaviy baxt, mustahkam sog‘lik tilayman.
Yurt va Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilishdan aslo tomang!
Rahmat Mamatov, Samarqand viloyati IIB boshlig‘i