Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan o`tkazilgan “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostidagi “Zakovat” intellektual o‘yinlarining viloyat bosqichi yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
21-fevraldagi “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni
qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi
Farmoni, Ichki ishlar vazirining 2024-yil 9-maydagi farmoyishi hamda IIV
huzuridagi Tergov departamentining 2024-yil 14-maydagi ko‘rsatmasiga
asosan Ichki ishlar vazirligi
tomonidan otaliqqa olingan bir million nafar yoshlarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash va ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish maqsadida tergov
boshqarmalari va uning hududiy bo‘limlari tomonidan joylarda “Zakovat”
intellektual o‘yinlari yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.
Yuqoridagilardan
kelib chiqib, Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining 2024-yil 17-mayda farmoyishi qabul
qilindi hamda viloyatning
barcha shahar-tumanlarida otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida “Zakovat”
intellektual o‘yinlari o‘tkazildi. O‘yinlarda viloyatda
mavjud bo‘lgan mahallalarda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan huquq-tartibot
idoralari otalig‘iga olingan yoshlar ishtirok etdi.
Mazkur “Zakovat” intellektual
o‘yinining shahar-tumanlarda o‘tkazilgan musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga
kiritgan jamoalar o‘rtasida bellashuvning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan intellektual o‘yin tortishuvlar va hayajonli daqiqalarga boy
bo‘ldi.
Unda har bir ishtirokchi o‘z jamoasining g‘olib bo‘lishi uchun bor imkoniyatini
ishga soldi. Bahs-munozarali jarayonlar hakamlar hay’ati tomonidan diqqat bilan
kuzatib borildi va ular munosib baholandi.
Intellektual o‘yin yakuniga ko‘ra jamoalar bilim va
saviyasiga qarab faxrli o‘rinlarga loyiq topildi. G‘olib jamoa tashkilotchilar
tomonidan diplom, pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi hamda
mazkur musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani
qo‘lga kiritdi.