15 May 2024 yil 1027

Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, Samarqand shahar “Ko‘l” MFYda yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan G.P.ning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilganda 4 tup “kannabis” hamda 2 kilogramm 317 gramm “marixuana”  giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, rasmiylashtirildi.


Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Text to speech