3 Aprel 2024 yil 1239

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Xonnazar mahallasi yettiligi bilan uchrashdi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Xonnazar mahallasi yettiligi bilan uchrashdi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari, polkovnik Rahmat Mamatov Qo‘shrabot tumanida bo‘lib, Xonnazar mahallasi yettiligi bilan uchrashdi. Qayd etildiki, odamlarning dardu tashvishi, muammolari dastlab mahallada yechim topishi kerak. 

Mahalla raisi kichik ma’muriy hududning yetakchisi. Aholining imkoniyatlarini o‘rganib, xonadonbay ishlashni yo‘lga qo‘yishi, hamkorlikda sa’y-harakat olib borishi zarur. 

Mahalla mutasaddilariga o‘zini-o‘zi boshqarish organida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyachilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, aholining bandligini ta’minlash, qaynona-kelin munosabatlarini yaxshilashda aniq mexanizmlar asosida ishlash yuzasidan tushunchalar berildi.

Zero, xalq bilan muloqot, ularning dardu tashvishini tinglash asnosida mushkulini oson qilish mamlakatimizning ravnaqiga, yurtdoshlarimizning farovon hayot kechirishlarini ta’minlashda muhim omil bo‘ladi.

Text to speech