28 Aprel 2024 yil
1156
Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i,3-sektor rahbari Rahmat Mamatov Pastdarg‘om tumani "Go‘zalkent" mahallasida "obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i,3-sektor rahbari Rahmat Mamatov Pastdarg‘om tumani "Go‘zalkent" mahallasida "obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Jarayonlar asnosida ishni tezkor va sifatli tashkil etishga ahamiyat qaratish zarurligi qayd etildi.
-Odamlar bizdan rozi bo‘lishi kerak. Ishda unum va sifat muhim. Yo‘llar ravon bo‘lsa, elektr ta’minoti, gaz, suv masalasidagi muammolar bartaraf etilsa aholining bugunidan mamnunligi ortadi,-dedi boshqarma boshlig‘i.
Hududda qurilish, bunyodkorlik ko‘lamini yaxshilash borasida tuman mutasaddilariga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.