Samarqand viloyat IIBga Isroil davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi konsuli Liron Mizrahi Unger xonim tashrif buyurdi
O‘zbekiston va Isroil hukumatlari o‘rtasidagi o‘zaro mustahkam iliq munosabatlar asnosida hamkorlik tobora yuksalmoqda. Shu munosabat bilan, bugun Samarqand viloyat IIBga Isroil davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi konsuli Liron Mizrahi Unger xonim tashrif buyurdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatlar o‘rtasida do‘stona muloqot o‘rnatilgani, hamkorlik munosabatlari izchil rivojlanayotgani hamda ko‘p qirrali aloqalar kengayib borayotgani ta'kidlandi.
Muzokaralar davomida sayyohlar xavfsizligi borasida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Shuningdek, mehmonlar "Xavfsiz shahar" va "Xavfsiz turizm" konsepsiyalari doirasida viloyat lIBda barpo etilgan zamonaviy "Situatsion
markaz", xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi navbatchilik qismi faoliyati imkoniyatlaridan foydalangan holda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.
Shu bilan birga, tashrif jarayonida mehmonga Samarqandning turistik obektlarida xavfsizlikni ta'minlash amaliyoti namoyish qilindi. Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikning keyingi istiqbollari belgilanib, kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashinildi.