Samarqand viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Jomboy tumanida sodir etilgan jinoyatlar muhokamasi o‘tkazildi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Jomboy tumanida sodir etilgan jinoyatlar muhokamasi o‘tkazildi.
Unda viloyat IIB boshlig‘i bugun jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, unga qarshi kurashishda davlat organlari xodimlari bilan bir qatorda har bir fuqaro bu borada o‘zining mas’ulligini his etishi lozimligi haqida gapirdi.
Muhokamada tuman sektor rahbarlari, ayblanuvchi va jabrlanuvchining qarindoshlari, mahalla ahli va keng jamoatchilik vakillari, imom xatiblar, nuroniylar ishtirok etdi.
Muhokama davomida bugun mahallabay, xonadonbay ishlash keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada bu turdagi jinoyatlar hamon uchrayotganligi qattiq tanqid ostiga olindi.
Tadbirda so‘z olganlar mazkur holatlarni misol keltirar ekan, shu yurtda yashayotgan har bir shaxs jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga o‘zini mas’ul deb hisoblashi lozimligini eslatib o‘tdi.
Muhokama so‘ngida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar rahbarlar nazoratiga olindi.