Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi
Unda barcha shaxsiy tarkib hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
“O‘zbekning turkman shoiri” nomli mavzuda o‘tkazilgan dars davomida shoir Maxtumquli haqida so‘z bordi. Adibning qoldirgan boy merosi hamda yozgan asarlari ma’ruzachi tomonidan sharhlab berildi.
Shundan so‘ng, Tibbiyot bo‘limi shifokori yuqumli infeksiyalar va ulardan ehtiyot bo‘lish lozimligi borasidagi o‘z bilim va tushunchalari bilan o‘rtoqlashdi.
Shaxsiy tarkibga e’lon va yangiliklar yetkazilib, lavozimga tayinlangan xodimlar tanishtirildi.
Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Dolzarb 10 kunlik” tadbirlari doirasida xodimlarga yo‘riqnomalar berilib, shu haqda videorolik namoyish etildi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi so‘ngida barcha xodimlar va ularning farzandlari uchun “Kitoblar yarmarkasi” ham tashkil etildi.