23 Aprel 2024 yil 347

Samarqand viloyati IIB jamoasi “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining g‘olibi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi hamda hamkor tashkilotlar bilan “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari  Bojxona qo‘mitasi, Milliy Gvardiya xodimlari va DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari ishtirok etishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, uchinchi o‘rinni Oqdaryo tumani IIB jamoasi, ikkinchi o‘rinni Samarqand viloyat Bojxona boshqarmasi jamoasi va faxrli birinchi o‘rinni Samarqand viloyati IIB jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Endilikda jamoa Respublika miqyosida viloyat sha'nini himoya qiladi.

Samarqand viloyati  IIB Axborot xizmati

Text to speech