3 Aprel 2024 yil 1222

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov olis hududlardan biri bo‘lgan Qo‘shrabot tumani yoshlari bilan uchrashdi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov olis hududlardan biri bo‘lgan Qo‘shrabot tumani yoshlari bilan uchrashdi.

Ularning fikr-mulohazalari, murojaat va takliflarini tingladi. Erkin muloqot davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar alohida ta’kidlandi. Mamlakatimiz suyanchi bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni ta’lim olishdan to‘xtamaslik, muntazam bilim ko‘nikmalarini rivojlantirib borishga da’vat etdi. 

Yoshlarning  bandlik, ichki ishlar organlariga ishga kirish, kredit olish, sport maydonchasi qurishda amaliy yordam berish kabi masalalardagi savol va murojaatlari eshitildi. Bildirilgan har bir takliflar o‘rganilib, bosqichma-bosqich ijobiy hal etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va bandligini ta’minlash borasida vazifalar belgilab olindi. 

Boshqarma boshlig‘ining yoshlar bilan bu yo‘nalishdagi uchrashuvlari muntazam o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Text to speech