26 Mart 2024 yil 627

Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, uning quyi tuzilmalari xodimlari ishtirokida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularni ijobiy hal qilish, shuningdek qonunchilikni mustahkamlash, ijrochilik intizomi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, uning quyi tuzilmalari xodimlari ishtirokida fuqarolar murojaatlarini  ko‘rib chiqish, ularni ijobiy hal qilish, shuningdek qonunchilikni mustahkamlash, ijrochilik intizomi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Uni Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Muzaffar Rahmatullayev boshqardi.

Murojaatlarni tinglash va muammolarni bartaraf etish borasida xodimlar oldida turgan burch va majburiyatlarga to‘xtalib, ularning o‘z vaqtida va vijdonan bajarishga e’tibor qaratdi. 

Shahar-tumanlardagi mazkur jarayonlar bilan bog‘liq har bir holat, yutuq va kamchiliklar tahlil etildi.

Unda xodimlarning o‘z ishiga munosabati, xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi ta’kidlandi.

Bo‘lib o‘tgan yig‘ilish davomida keltirib o‘tilgan tanqid va tahlildan barcha xodimlar o‘zlariga tegishli xulosalar chiqarib olishdi.

Text to speech