3 Iyun 2024 yil 1180

Samarqand viloyati IIBda IIV Akademiyasini tamomlab, viloyat IIB va uning quyi tizimlarida xizmat faoliyati olib borayotgan xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Samarqand viloyati IIBda IIV Akademiyasini tamomlab, viloyat IIB va uning quyi tizimlarida xizmat faoliyati olib borayotgan xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda IIB IIV Akademiyasi mas’ullari, IIB rahbariyati hamda IIV ShXBB Samarqand viloyati boshqarmasi rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda yosh xodimlar tomonidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish hamda jinoyat va huquqbuzarliklarni kamaytirishda e’tibor qilinishi lozim bo‘lgan jihatlarga urg‘u berildi.

Yosh xodimlarning xizmat faoliyati davomida xizmat intizomiga va qonunchilikka amal qilishi ham aytib o‘tildi. Bugun ular oldida turgan eng ustuvor vazifalar qaysi jarayonlarda namoyon bo‘lishi tushuntirildi.

Bu yo‘nalishdagi tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad, IIV Akademiyasini tamomlagan yosh xodimlarning xizmat jarayonlarida adolatli va halol bo‘lishi, xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilishi, bir so‘z bilan aytganda ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida samarali xizmat olib borishini ularga yetkazishdan iboratdir.

Shuningdek, mas’ullarga viloyat IIBda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, vaziyatlar markazi tanishtirildi.

Text to speech