25 Aprel 2024 yil 1114

Tergov sifatini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Raxmatullaev raisligida Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari tomonidan o‘tgan 2024-yil 3 oyida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda xodimlarning xizmat faoliyati davomida erishgan ijobiy natijalari hamda xizmat faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari tanqidiy muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida tergov sifatini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yakunda ijobiy ko‘rsatkichlarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xodimlar viloyat IIB boshlig‘ining tashakkurnomasi hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Text to speech