4 Sentyabr 2024 yil 56

О‘quv seminari o‘tkazildi

Samarqand viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari S.Bazarov ishtirokida O‘zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi tomonidan “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari  tomonidan deputatlarni daxlsizlik  huquqidan mahrum qilishga oid masalani ko‘rib chiqish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qaror va mazur qaror  bilan tasdiqlangan namunaviy tartib yuzasidan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda viloyat prokuraturasi tezkor xodimlari, Departamentning viloyat boshqarmasi va tuman-shahar bo‘limlari surishtiruvchilari va tergovchilari, viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tergovchilari, tuman-shahar studiyalaridan prokuror o‘rinbosarlari va tergovchilari, hududiy IIB tergovchilari ishtirok etishdi.

Ishtirokchilarga malakali prokuratura xodimlari tomonidan mavzuga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.


Text to speech