23 Oktyabr 2024 yil 4372

O‘zbekiston Respublikasi IIV mas’ullari va viloyat IIB mutasaddi xodimlari Paxtachi tumanida bo‘lib, soha faxriylari holidan xabar olishdi

O‘zbekiston Respublikasi IIV mas’ullari va viloyat IIB mutasaddi xodimlari Paxtachi tumanida bo‘lib, soha faxriylari holidan xabar olishdi. 


Uzoq yillar tizimda samarali faoliyat olib borib, jinoyat va turli huquqbuzarliklarning oldini olish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda tashabbuskorlik ko‘rsatgan faxriylar 25-oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan qizg‘in tabriklandi. 


O‘zaro suhbatlarda soha faxriylari o‘zlari ishlagan yillardagi xotiralarni yodga olishdi. Bugun ichki ishlar sohasida yaratilgan imkoniyatlar, xodimlarga berilayotgan imtiyoz va qulayliklar e’tirof etildi.  


Yosh xodimlarga yurt va Vatan ravnaqi yo‘lida, qasamyodiga sodiqlik bilan xizmat qilishi lozimligi qayd etildi. 


Bayram munosabati bilan soha faxriylariga viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech