O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyining navbatdagi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyining navbatdagi bitiruvchilariga diplom
topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, jamoat tashkilotlari,
bitiruvchilar va ularning ota-onalari hamda litsey pedagog xodimlari ishtirok etdi.
Joriy yil akademik litseyni 202 nafar o‘quvchilar tamomlab, mustaqil hayotga uchirma qilinmoqda. O‘qish davomida barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirgan, namunali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan 1 nafar o‘quvchiga oltin medal berildi. O‘zining bilimi, intizomi hamda tirishqoqligi bilan ustozlarining o‘gitlariga qat’iy amal qilgan 16 nafar bitiruvchilarga imtiyozli diplomlar tantanali ravishda topshirildi.
So‘zga chiqqanlar bitiruvchilarni
tabriklab, mazkur bitiruvchi kurs o‘quvchilarining o‘qish jarayonida Respublika
miqyosidagi sport musobaqalari hamda fan olimpiadalarida, turli ko‘rik-tanlovlar
hamda jamoat ishlarida o‘zlarini har tomonlama ijobiy jihatdan qobiliyatlarini namoyon
qilib kelganligini e’tirof etdi.
Shuningdek, rahbariyat barcha bitiruvchilarni, ularning ota-onalarini va pedagog
xodimlarini viloyat Ichki ishlar boshqarmasi nomidan tabriklab, barcha bitiruvchilarni
kelajakda tanlagan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, ustozlari va ota-onalarining
oldidagi ma’suliyatli vazifalarini uddalashiga ishonch bildirdi.