18 Aprel 2024 yil
1098
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati huzurida Pastdarg‘om va Narpay tumani IIBlarida joriy yil 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish holatlari muhokama qilindi.
Jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida mahallalarda amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi.
Sohadagi dolzarb masalalar, yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.
Yig‘ilish doirasida sohadagi ustuvor vazifalar, belgilangan rejalar ijrosiga ham to‘xtalib o‘tildi.
Xizmatida yuqori natijalarga erishgan xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.