Yangi o‘quv yili oldidan xavfsizlik choralari belgilandi
Joriy yil 2-sentyabr kuni Respublikamizning barcha hududlarida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan ta’lim muassasalarida “Bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman hokimi, tuman IIB boshlig‘i va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari hamda hamkor tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkaziladigan “Bilimlar kuni” bayram tadbirlarini munosib o‘tkazish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ta’lim muassasalari va tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish, tartib-intizomni ta’minlash hamda boshqa dolzarb vazifalar yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.