1 kilogramm “opiy” giyohvandlik moddasini 150 million so‘mga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi
Urgut tumani Chep mahallasida yashovchi 47 yoshli shaxs 1 kg. “Opiy” giyohvandlik moddasini 150.000.000 so‘mga sotayotganligi to‘g‘risida tezkor xodimlar tomonidan ma’lumot olingan.
Shunga asosan joriy yil 17-iyun kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Samarqand shahar Super qo‘rg‘oni hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Ushbu fuqaro xaridorga 1 kg opiyni 150.000.000 so‘mga sotayotgan vaqtida, daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu shaxsning vaqtinchalik yashash manzilining yotoqxonasidan gashish va ekstratsion opiyni saqlab kelayotganligi ham ma’lum bo‘ldi.
Ushbu moddalar o‘tkir hidli sof vazni 2.7 gramm “Gashish” va 0.8
gramm “Ekstratsion opiy” ekanligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib
olindi.
To‘plangan hujjatlar Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga
topshirildi. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.