1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Toxir Aripovning bayram tabrigi
Qadrli ustoz va murabbiylar, muhtaram faxriylar!
Avvalo, Sizlarni 1-okytabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etaman.
Barcha soha mutaxasissislari qatorida, ichki ishlar organlari xodimlarini kamol toptirgan, ularga ta’lim-tarbiya bergan va hozirgi kunda ham mehnatlarini ayamayotgan aziz ustozlarga hurmat-ehtiromimni bildiraman.
Ustoz bu – fidokorlik ramzi va yo‘l ko‘rsatuvchi rahnamodir. Sizlar o‘z shogirdlaringizga kitoblarda yozilmagan hayot darslarini o‘rgatasiz. Faqat fan emas, axloq, odob, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi ulug‘ fazilatlarni ham shogirdlaringiz qalbiga singdirasiz.
Sizning mashaqqatli mehnatingiz, sabr-toqatingiz, bilimingiz va mehringiz tufayli bugun jamiyatimiz taraqqiy etmoqda, yoshlarimizning kelajagi porloq bo‘lmoqda. Ichki ishlar sohasi faxriylarining boy hayotiy va kasbiy tajribalari yosh xodimlar uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Aziz ustoz va murabbiylar!
Sizlarni Samarqand viloyati IIB jamoasi nomidan samimiy tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, yurt posbonlari, el qalqonlarini ulg‘aytirishdek ezgu faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Hamisha sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!
Toxir Aripov,
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i,
general-mayor