30 Sentyabr 2021 yil 448

“1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni”. Bayram munosabati bilan Pastdargʻom tumani IIB jamoasi ichki ishlar organlarining faxriylarini tabriklashdi

Yoshi ulugʻ insonlar, ustoz-murabbiylarga hurmat-ehtirom koʻrsatish xalqimizning asriy qadriyatlaridan sanaladi. Bu anʼana mamlakatimizda nishonlanadigan bayramlar arafasida yanada yaqqolroq namoyon boʻladi.

Pastdargʻom tumani IIB jamoasi ham “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami arafasida faxriy xodimlar holidan xabar olish maqsadida bir guruh faxriylar xonadoniga borib, bayram bilan tabriklashdi. Faxriylarga Boshqarma boshligʻining bayram tabrigi yetkazilib, sovgʻalar ulashildi.

Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha shahar-tuman IIB lari hamda sohaviy xizmatlarida davom etmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech