13 Yanvar 2024 yil
1526
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand viloyatida bayram tadbirlari oʻtkazildi
Sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar Amir Temur maqbarasini ziyorat qilishdan boshlandi. Soxibqiron Amir Temur haqqiga Qurʼon tilovat qilindi.
Shundan soʻng, viloyat hokimligi, harbiylar, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Amir Temur haykali poyiga gul qoʻyish marosimi oʻtkazildi.
Bayram tadbirlari davom etmoqda.