7 Sentyabr 2024 yil
61
17 nafar fuqaroning 20 ta turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Samarqand shahridagi Yoshlar markazi binosida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 17 nafar fuqaroning 20 ta turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, 2 nafar yurtdoshlarimizga O‘zbekiston fuqaroligi, bir guruh yoshlarga ID-kartalari topshirildi.