18 Oktyabr 2024 yil 5073

18-oktabr — Samarqand shahar kuni

18-oktabr — Samarqand shahar kuni tadbiri erta tongdan Amir Temur maqbarasida Qur’on tilovati bilan boshlandi.

So‘ngra viloyat va shahar rahbarlari, huquq-tartibot xodimlari hamda jamoatchilik ishtirokida Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi.

Asosiy bayram tadbirlari Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘i va shu nom bilan ataluvchi ko‘chada o‘tkaziladi. Bayram munosabati bilan mazkur bog‘dan turli xil ko‘rgazma va sahna dasturlari, mushoira va sport musobaqalari o‘rin oladi.

Sana munosabati bilan Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy haykali oldida “Samarqand - Sharq gavhari” mavzusi doirasida mushoira bo‘ladi. Kamol Otaturk ko‘chasida tayyor va arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik ehtiyoj mollari yarmarkasi tashkil etiladi.

Shu bilan birga, bugun  «Moʻjiza» amfiteatrida soat madaniy konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Samarqand shahri kuni munosabati bilan bir qator mahalla, korxona va tashkilotlarning yangi binolari va savdo do‘konlari foydalanishga topshiriladi.

Text to speech