“2024-yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”
“2024-yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deya e’lon qilinganligi munosabati bilan ichki ishlar organlarida bir million nafar yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i qabul qilingan.
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Xondamir Umarov mazkur ishlarga mas’ul rahbar va xodimlar bilan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda bo‘lib o‘tdi.
Bugun yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va ijobiy hal qilish dolzarb masala ekanligi ta’kidlandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, yoshlar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etish lozimligi ham aytib o‘tildi.
Yig‘ilish yakunida “Yoshlarni otaliqqa olish” elektron tizimini doimiy yuritib borish hamda shahar-tuman IIBlari voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha katta inspektorlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash va zaruriy texnik jihozlari bilan ta’minlash maqsadida kompyuter jihozlari topshirildi.