2 Sentyabr 2025 yil 67

Ichki ishlar vazirligi otalig‘iga olingan Oqdaryo tumanidagi 24-sonli umumta’lim maktabida “Bilimlar kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirda maktab va tuman ta’lim tizimi rahbar-xodimlari so‘z olib, yangi o‘quv yili bilan maktabning barcha o‘quvchilarini tabrikladi. Shuningdek, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart – sharoitlar hamda ichki tartib – qoidalar bilan barcha ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi. 

Tadbirda IIV hamda viloyat IIB mas’ullari ham ishtirok etib, o‘quvchilarni yuksak vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

O‘quvchilarning belgilangan tartib va me’yorlarga amal qilishi hamda maktab sha’ni uchun kurashish har bir o‘quvchining burchi ekanligi ham ta’kidlandi.

Yangi o‘quv yili oldidan o‘tkazilgan tadbir, bolajonlarni kelgusida a’lo baholarga o‘qib, yurt sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishiga bo‘lgan mas’uliyatini yanada oshirdi, desak xato bo‘lmaydi.


Text to speech