25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!
Aziz faxriylar!
Sizlarni barchamiz uchun qadrli bo‘lgan kasb bayrami 25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman!
Yurtimiz tinchlik-osoyishtaligini saqlash, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashdek olijanob vazifaga o‘z hayotini bag‘ishlab kelayotgan – qadrli xodimlar, harbiy xizmatchilar, ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tinglovchi-kursantlari, muhtaram faxriylarimiz hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamkasblarimizning oila a’zolariga chuqur minnatdorlik izhor etaman.
Davlatimiz rahbari tomonidan so‘nggi yillarida barcha jabhalarda bo‘lgani kabi ichki ishlar organlarida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Buning natijasida yurtimizda tinchlik-osoyishtalikning kafolati bo‘la oladigan, sodiq, yuksak bilim va professional ko‘nikmalarga ega vatanparvar kadrlarni o‘zida jamlagan yangi tizim yaratildi.
Aziz hamkasblar, Sizlar xalqimiz tinchligi, osoyishtaligi va xavfsizligi uchun kunu tun xizmat qilmoqdasiz. Har biringizning fidokorona mehnatingiz, jasoratingiz va mas’uliyatingiz tufayli yurtimizda tinchlik va tartib hukm surmoqda.
Fursatdan foydalanib, Sizlarni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, sharafli faoliyatingiz yo‘lida – barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, yangi muvaffaqiyatlar tilayman.
Toxir Aripov,
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i,
general-mayor