Samarqand viloyati IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Kamron Jabborov “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Davlatimiz milliy siyosatining eng muhim, ustuvor yo‘nalishlaridan biri barcha millatlarning ravnaqi uchun teng sharoit va imkoniyat yaratish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishdir.
“30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, bir guruh jamoat arboblari va faollar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Taqdirlangan samarqandliklarga viloyat hokimligida “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Taqdirlanganlar orasida Samarqand viloyati IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Kamron Jabborov ham bor.
Prezidentimiz taklifi bilan bu yil mamlakatimizda birinchi marta o‘tkazilgan “Xalqlar do‘stligi kuni” diyorimizda millatlararo totuvlikni taʼminlash, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik aloqalarini yana-da mustahkamlashga zamin yaratadi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati