25 Mart 2025 yil 871

38-sonli Manzil koloniyasidagi sharoitlar va ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Raxmat Mamatov Jomboy tumanidagi 38-sonli Manzil koloniyasidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Rahbar tomonidan koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning foydali mehnatga jalb etilganligi, ish jarayonlarining ahvoli, shuningdek, ularning xavfsizligi masalalari o‘rganildi. 

Xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, kutubxona, oshxona, uchrashuv xonalari, hududdagi kuzatuv kameralarining ishlash tartibi ham ko‘zdan kechirilib, bu borada boshqarma boshlig‘i o‘zining kerakli maslahat va tavsiyalarini berdi.

Manzil koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning vaqtlarini mazmunli o‘tishi, ular qayta jinoyatga qo‘l urmasligi, eng asosiysi, hayotga to‘g‘ri munosabatda bo‘lib, jamiyat uchun kerakli shaxs bo‘lishiga bosh maqsad sifatida qaralmoqda.

Text to speech