10 Iyun 2023 yil 1043

75 ming AQSH dollariga hokimiyat zaxirasida bo‘lgan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

2023-yil 16-iyun kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda tikuvchilik korxonasini tashqil qilish uchun bo‘sh yer maydoni izlab yurgan vaqtida, Toyloq tumanida yashovchi P.F. ismli shaxs uning ishonchiga kirib, tumanning Madaniyat mahallasi hududida joylashgan hokimiyat zaxirasida bo‘lgan 0,18 gektar yer maydonini 75 ming AQSH dollariga sotishini va keyinchalik tuman Kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali hujjat rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 15 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Samarqand viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi Yer resurslarini talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasi, DXX viloyat boshqarmasi hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida, tezkor tadbir o‘tkazilib, P.F. ariza muallifidan 15 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech