7 Dekabr 2024 yil 2525

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatovning bayram tabrigi

Mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ulkan marralarni ko‘zlab, hayotbaxsh islohotlar
amalga oshirilmoqda. Barcha muvaffaqiyatlarimizning manbai bo‘lgan Konstitutsiyamiz huquq va erkinliklarimiz
kafolati, taraqqiyotimizning mustahkam poydevori, kelajagimiz asosi ekaniligini yorqin namoyon etib kelmoqda.

Inson haqida g‘amxo‘rlik, uning qonuniy manfaatlarini himoya etish, huquqlarini ta’minlash Yangi O‘zbekistonda
asosiy tamoyilga aylandi. Davlat qurilishida Konstitutsiya va qonunlar ustuvor ekan, mamlakatda taraqqiyot, adolat,
farovonlik bo‘ladi. Bu esa, ertangi kuniga ishonch bilan yashayotgan xalqimiz uchun juda muhimdir.

Qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi
nomidan samimiy muborakbod etaman. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- umuminsoniy
g‘oyalar – tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng ulug‘
g‘oyalarga xizmat qiladi.

Yurtimiz tinch, Vatanimiz obod, ertamiz nurafshon bo‘lsin. Xonadoningizga qut-baraka, kasbu-koringizga rivoj,
ahli oilangizga tanu-sihatlik  tilayman.

Rahmat Mamatov

Viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik

Text to speech