7 Mart 2025 yil 1941

“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan Samarqand viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xotin-qizlar uchun tantanali tadbir tashkil etildi

Ayol – ona, ayol – mo‘tabar zot! Ularning ta’rifiga til ojiz. Munis ayollarimizning bayrami – 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” go‘zallik va nafosat ayyomi – bahor fasliga hamohang kelishida ham hikmat bor. 

Bahorga payvasta dilbar ayollarimiz, aziz va mo‘tabar onaxonlarimiz, lobar qizlarimiz bayrami munosabati bilan har go‘shada o‘ziga xos  tantanalar avjida. Xotin-qizlar bayrami aynan bahorning ilk shodiyonasi sifatida nishonlanishida ham o‘zgacha ma’no bor. Oila va jamiyatning ko‘rki bo‘lgan ayollarimiz har qancha e’zozga munosib. 

Bayram tadbirida boshqarma rahbariyati so‘z olib, bugun o‘zbek ayollari go‘zal sharqona ahloqiy fazilatlar sohibasi sifatida nufuzi oshib, aql-zakovati, shijoati, serqirra mehnati orqali hurmat-e’zozga munosib bo‘layotganligini  e’tirof etdi. 

Tadbir doirasida xizmat faoliyati davomida fidoyilik,  tashabbuskorlik ko‘rsatgan va yuqori natijalarga erishgan  faol xotin-qizlarga mukofotlar topshirildi. Xususan, 1 nafar ayol xodima  “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi,  1 nafariga katta leytenant maxsus unvoni muddatidan  oldin berildi. 

6 nafar xotin-qizlar  ichki ishlar vazirligining  turli idoraviy  ko‘krak nishoni, faxriy yorliq  hamda esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. 

Shuningdek, boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i bilan sohada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar, ishchi-xodimlarga ham bayram sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi. 

Text to speech