7 May 2024 yil 1317

9 may – Xotira va qadrlash kuni. Bayram arafasida viloyat IIB boshlig‘i ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident tabrigini yetkazdi.

Urush musibatlari, oradan 79 yil o‘tgan bo‘lsa-da, qalblarda bitmas-tuganmas og‘riqlar bilan esga olinadi. Millionlab insonlar boshiga yetgan urush bugungi avlodlar zimmasiga tinchlik-osoyishtalikni asrab-avaylash mas’uliyatini yuklaydi.

Bugun Urgut tumanida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan birgina inson – Ispanzalik Bo‘ron Gadoyev biz bilan hamnafas hayot kechirmoqda. 100 yoshdan oshayotgan otaxon tinchlikni qadriyat deb biladi va boshqalarni ham shunga undaydi.

Viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov, tuman hokimi Botir Jabborov, Mudofaa ishlari boshqarmasi, Milliy gvardiya, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi boshqa tashkilotlar vakillari B.Gadoyevning xonadonida bo‘ldilar.

Urush faxriysiga davlatimiz rahbarining tabrigi o‘qib eshittirildi. Prezidentimizning farmoniga muvofiq, Bo‘ron otaga 20 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.

Otaxon davlatimizga, Prezidentimizga minnatdorligini bildirib, tinch-osuda kunlarimiz bardavom bo‘lishini tilab, duoga qo‘l ochdi.

Text to speech