25 Sentyabr 2025 yil 504

“Qo‘l jangi” bo‘yicha musobaqada Samarqand viloyati IIB jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Samarqand viloyatida joriy yil 24-sentabr kuni “Dinamo” JTSJ viloyat Kengashining kalendar rejasi asosida huquq-tartibot organlari xodimlari va harbiy xizmatchilar o‘rtasida sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha “Dinamo” kubogi uchun birinchilik musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvda turli kuch tuzilmalari jamoalari ishtirok etib, ishtirokchilar o‘z mahorati va jismoniy tayyorgarligini namoyish etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, Samarqand viloyati IIB jamoasi 1-o‘rinni, Milliy gvardiya Samarqand viloyati boshqarmasi jamoasi 2-o‘rinni, Davlat xavfsizlik xizmati 21072-sonli harbiy qismi jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir sport va jismoniy tarbiyani ommalashtirish, huquq-tartibot va harbiy xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, hamkorlik va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.


Text to speech