Shahar hokimi profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi
Samarqand shahar hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda shahar hokimi, IIO FMB rahbariyati, mahallalardagi profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi.
Bugun mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash faqatgina profilaktika inspektoriga tashlab qo‘yilmasligi zarurligi, bunda belgilangan mas’ullar, keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etishlari lozimligini ta’kidlab, har bir mahalladagi profilaktika inspektori o‘z xizmat faoliyati bilan bog‘liq har qanday masalada nafaqat bo‘lim rahbariyati, balki hokimga ham murojaat qilib, masalani olib chiqishi lozimligini bildirdi.
Uchrashuv davomida namunali xizmat qilib kelayotgan profilaktika inspektorlariga kompyuterlar jamlanmalari topshirildi va bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda kelgusi chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.