8 Mart 2024 yil 1075

Ayol-sizga e’zoz, sizga ehtirom

Hayotimizni nazokat va latofatda tengsiz, munis va muhtarama ayollar, zebo opa-singillarimizsiz tasavvur etib bo‘larmikan?

Ko‘ngil xotirjamligi, xonadon obodligi, farzandlar kamoloti  ayollarimizning saranjom-sarishtaligidan.

Ayolni bahorga, gulga qiyos qilishadi. Aslida esa uning qalbi guldan ham nozik, guldan-da malohatli.

Olamdagi jamiki xush iforlarda ayolning nafasi bor. Dunyoni go‘zallikka burkovchi sehrgar, borliqqa mehr-muhabbat ulashuvchi mehridaryo  zot u. 

Ayol go‘zallikdir. U quyoshnida uyaltiruvchi taftli mehr.

Tog‘larni-da dog‘da qoldiruvchi cheksiz g‘urur va bardosh. Ayol najot farishtasi. Mislsiz muhabbat va sadoqat ayol qalbida mujassam. 

Muhtarama ayollar, dilbar opa-singillar, Sizlarni 8-mart xotin-qizlar kuni bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz.

Xonadoningizga tinchlik, qalbingizga xotirjamlik, kasb-koringizga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz. 

Dunyoni ayol latofati, xonadonlarimizni ona allasi baxtiyor etsin. Ayol qalbi yaxshiliklarga oshufta, mehr-muhabbatga payvasta bo‘lsin.

Rahmat Mamatov, 

viloyat IIB boshlig‘i

Text to speech