Hayotdagi muvaffaqiyatlarimiz, mamnunligimiz, o‘zaro munosabatlarimiz ko‘p jihatdan yuzma-yuz muloqotga bog‘liq
Hayotdagi muvaffaqiyatlarimiz, mamnunligimiz, o‘zaro munosabatlarimiz ko‘p jihatdan yuzma-yuz muloqotga bog‘liq.
Davlat organlari rahbarlarining xalq bilan uchrashishi, muloqot qilishi fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, hayotdan rozi bo‘lib yashashida muhim omil bo‘lmoqda.
Aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, joylarda mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etishda aniq va tezkor choralar ishlab chiqish maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Rahmat Mamatovning yuzma-yuz qabullari samara berayotganligini fuqarolar o‘z turmushlarida sezishmoqda.
Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan galdagi qabulda ham tizimga doir ko‘plab masalalar bayon qilindi. Xolmirza Nazarov, Ulug‘bek Abdusalomov va Salima Mamanova pul oldi-berdisi, Gʻanisher Ermatov mashina oldi-sotdisi, Xolisxon Hamidova firibgarlik bilan bog‘liq murojaatlar ijrosida amaliy yordam so‘rashdi. Fuqarolarning muammolarini qonun doirasida hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Qabul doirasida odamlar roziligiga erishish uchun ularning mavjud muammolariga befarq bo‘lmaslik , bu borada mas’uliyatni oshirish kerakligi alohida ta’kidlandi.
Bildirilgan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.