Axborot xizmati: Ochiqlik va shaffoflik ustuvor mezon
Dunyoda
kasblar ko‘p. Har birining o‘ziga xos qiyinchiliklari bor albatta. Jurnalistika
hayot ko‘zgusi, jurnalist esa jamiyatning vijdoni. Hamma zamonlarda ham jurnalistlardan
ochiqlik, xolislik, shaffoflik, tezkorlik talab etiladi. Jurnalist faoliyatini odillik
prinsiplari asosida olib borishi, tahliliy-tanqidiy yondashuvlar asnosida davlat
va jamiyat o‘rtasida mustahkam ko‘prik bo‘la olishi davr taqozosi.
“To‘rtinchi
hokimiyat” deb ataluvchi jurnalistika bugun tubdan o‘zgardi. Sohaning bugungi kun
mezonlari kechagi kundan tubdan farq qiladi. Jamiyatdagi har bir voqelik, jarayonlar jurnalistning
sinchkov nigohidan, o‘tkir qalami nishonidan chetda qolmaydi. U doimo kamchiliklar,
muammolar, xalqning dardu tashvishini bartaraf etish ilinjida bo‘ladi. Chunki jurnalist
ko‘ngil odami. Boshqa kasb egalari ma’lum vaqtda ishini tugallab uyiga borib xotirjam
dam olsa, jurnalist ishini tugatib, uyiga qaytgach ham miyasida turli fikrlar, maqolaning
ta’sirchanligini oshirish, tayyorlayotgan ko‘rsatuvning mazmundorligini boyitish
haqida o‘ylaydi.
Televidenie,
radio va matbuot qatorida internet jurnalistikasi ham taraqqiy etib borayotganligi
hech kimga sir emas. Ular qatoriga sohaviy matbuot xizmatlari faoliyatini ham kiritish
mumkin. Barcha qulayliklar, zamonaviy media imkoniyatlari yaratilgan sohaviy axborot
xizmatlari tizimning imidjini oshirish, aholiga tezkor va keng ma’lumotlar yetkazishda
peshqadam bo‘layotganligi ham e’tiroflidir.
Samarqand
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati xodimlari ham tizimdagi o‘zgarishlar,
davlatimiz rahbarining bu borada olib borayotgan islohotlari, qonunchilikdagi farmon
va qarorlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishda, ularning sohadagi yangiliklardan
xabardorligini oshirishda doimo izlanishda.
Har bir sohada olib borilayotgan islohot va yangiliklarni ommaga keng targ‘ib
qilish, uning media makondagi imidjini oshirishda matbuot xizmatining o‘rni beqiyos. Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot
xizmati tomonidan tizimdagi o‘zgarishlar, xodimlarning jinoyatchilik va turli huquqbuzarliklar
profilaktikasi borasida amalga oshirayotgan ishlari, xizmat faoliyati to‘g‘risida turkum ko‘rsatuvlar tayyorlanib, muntazam efirga
uzatilmoqda.
2022-yildan buyon "Osoyishtalik yo‘lida" ko‘rsatuvi har haftaning shanba kuni boshqarmaning
ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari va viloyat televideniyasida efirga uzatiladi.
Unda tizimdagi yangiliklar, jarayonlar, tezkor voqea-hodisalar xabar va reportaj
tarzida yoritiladi. Bugungi kunga qadar ko‘rsatuvning 200 dan ortiq soni efir yuzini
ko‘rdi.
2023-yildan "Suhbat plyus" ko‘rsatuvi ham tayyorlanib xizmat faoliyatida
tashabbuskor, sohada samarali mehnat qilayotgan xodimlar mehnati e’tirof etildi.
2024 yildan yana bir ko‘rsatuv tayyorlanib efirga uzatilmoqda. Ya’ni "Sharq
gavhari" ko‘rsatuvida Ichki ishlar boshqarmasi,
xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining tarixiy obidalarda sayyohlarga
ko‘rsatayotgan xizmat faoliyati haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, har oyda bir
marta “Xodimning bir kuni” nomli ko‘rsatuv ham matbuot xizmati tomonidan tayyorlanib kelinmoqda. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi
axborot xizmati jurnalistlar bilan
doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Jamoaga
haqiqiy professional xodimlar, malakali jurnalistlar, PR mutaxassislari jalb qilingan.
O‘tgan yillar mobaynida matbuot xizmatining
moddiy-texnik bazasi zaruriy texnik jihozlar bilan boyitildi.
Yaratilgan bunday qulay sharoitlar esa faol va fidokorona mehnat qilish bilan
birga yurtimizning oshkoralik reytinglardagi o‘rnini yuksaltirishga xizmat qiladi,
sohani xalqqa yaqinlashtiradi.
Umida Mamadalieva, jurnalist