29 Dekabr 2023 yil 1726

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati yil sarhisobi

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati o‘tgan 2023-yil davomida 6774 marotaba turli mavzudagi profilaktik ahamiyatga ega videolavhalar, maqolalar, ko‘rsatuvlar, radio eshittirishlar orqali jinoyat va huqubuzarliklarni oldini olishga qaratilgan materiallarni tayyorlab, aholi orasida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirdi.

Shundan, 1212 marotaba televidenyaning turli kanallarida profilaktik va boshqa turdagi chiqishlar, gazeta va jurnallarda 678 ta turli intervyu va maqolalar, 564 marotaba radio orqali efirlar, internet saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda 4320 dan ortiq materiallar joylashtirilgan.

Kundalik sodir etilayotgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar, katta hajmli yoki odam o‘limiga olib kelgan yo‘l-transport hodisalari hamda xodimlar jalb qilingan favqulodda vaziyatlar bo‘yicha profilaktik ogohlantiruvlar, 930 ta jinoyat va hodisalar bo‘yicha tezkorlik bilan ma’lumot voqea joyining foto yoki video tasvirlari aks etgan ma’lumotlar, xodimlarga nisbatan salbiy munosabat shakllantirishga qaratilgan maqola yoki ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holatlarga tezkorlik bilan huquqiy munosabatlar bildirilgan. Fuqarolardan viloyat IIBning rasmiy veb-sayti va matbuot kotibining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga kelgan 267 ta savollarga o‘z vaqtida huquqiy javob va munosabatlar bildirgan.

Ko‘plab O‘zbekiston Respublikasi IIV imidjini oshirishga qaratilgan ko‘rsatuvlar tayyorlanib telekanallar orqali namoyish qilindi. Xususan, “Hodisa joyidan”, “Osoyishtalik yo‘lida”, “Suhbat +”, “Xodimning bir kuni”, “Ayol xodima” kabi ko‘sartuvlar shular jumlasidandir.

O‘rta, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida YHX, profilaktika, xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar bilan ishlash inspektorlari ishtirokida qonunchilik targ‘ibotiga doir tadbirlar bo‘yicha 270 ta videolavhalarni tayyorlanib efirga uzatildi.

 

Fuqarolarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan 320 ta qisqa metrajli ijtimoiy videoroliklar, viloyat IIB faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida 46 ta videolavhalar tayyorlandi. Viloyatdagi umumiy jinoyatchilikning ahvoli, olib borilayotgan ishlar bo‘yicha matbuot anjumani, press-tur, brifing hamda ochiq muloqotlar o‘tkazildi.


Axborot xizmati muxbiri Umida Mamadalievaning “Mulohazalarim va mushohadalarim” nomli kitobi chop etilib, taqdimot qilindi. Samarali xizmatlari uchun Axborot xizmati operatori Furqat Rahimov viloyat hokimligining tashakkurnomasi, viloyat IIB boshlig‘ining esdalik qo‘l soati bilan taqdirlandi.

Tarkibida matbuot kotibi ham bo‘lgan viloyat IIB yoshlari jamoasi Andijon viloyatida o‘tkazilgan “Zukko kitobxon” tanlovining Respublika bosqichida 3-o‘rin, Buxoro viloyatida o‘tkazilgan“Zukko kitobxon” tanlovining mintaqaviy bosqichida 1-o‘rin, Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan “Ajdodlar izidan” kitobxonlik tanlovining Respublika bosqichida 1-o‘rinni egalladi.


Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati 2024-yilda ham jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash, tizim xodimlarining imidjini ko‘tarish, xodimlarni aholiga yaqinlashtirish borasida o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan.

Text to speech