Amaliyot o‘tayotgan kursantlar hamda ularning murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Ayni kunlarda IIV
Akademiyasining 3-bosqich kursantlaridan 54 nafari viloyatda amaliyot o‘tashmoqda.
Samarqand viloyati
IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov viloyatda amaliyot o‘tayotgan kursantlar
hamda ularning murabbiylari bilan uchrashdi.
Ochiq va muloqotlarga
boy o‘tgan uchrashuvda boshqarma boshlig‘i kursantlar bilan nazariya hamda amaliyot
uyg‘unligi borasidagi fikrlari, boy hayotiy va amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
“Ichki ishlar organi
xodimi kitob mutolaasini sevmas ekan, kasbda professionallikka erisholmaydi” – dedi boshqarma boshlig‘i.
Sohaning har bir xodimi vatanga
va yurtga sadoqat bilan xizmat qilishi, xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilishi,
korrupsiyaning oldini olish, ta’magirlikka
yo‘l qo‘ymaslik, belgilangan tartib va me’yorlarni buzmaslik to‘g‘risida ham fikrlar
bildirildi.
“Har bir yosh xodim yoki kursant bu misoli nihol, uni parvarish qilish bog‘bon – murabbiylar qo‘lida” – deya murabbiylar oldida turgan vazifalar, burch va majburiyatlar, ularning o‘z xizmatiga vijdonan yondashishlari lozimligi boshqarma boshlig‘i tomonidan ta’kidlandi.