2 Avgust 2024 yil
1224
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov aholi muammolarini o‘rgandi
Samarqand shahridagi Vatanparvar bog‘ida viloyat sektor rahbarlari tomonidan aholi bilan navbatdagi ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Rahmat Mamatov yuzma-yuz qabul doirasida fuqarolarning ichki ishlar sohasi bilan bog‘liq murojaatlarini eshitdi.
Xususan, ichki ishlar organlariga ishga kirish, xizmat faoliyatini boshqa viloyatdan ko‘chirish, tergov faoliyati, yo‘l harakatini tartibga solishda maxsus belgilar o‘rnatish, firibgarlik, pul oldi-berdisi bilan bog‘liq murojaatlar bayon qilindi.
Boshqarma boshlig‘i bildirilgan murojaatlar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.