Аholi muammolariga eʼtibor qaratish hamda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash yuzasidan Davlat rahbarining topshirigʼiga binoan Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʼlat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo ishchi guruhning Samarqand viloyatida oʼrganish ishlari davom etmoqda
Аholi muammolariga eʼtibor qaratish hamda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash yuzasidan Davlat rahbarining topshirigʼiga binoan Ichki ishlar vaziri
general-leytenant Poʼlat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo ishchi guruhning Samarqand viloyatida oʼrganish ishlari davom etmoqda.
Vazir oʼrganishlar davomida Oqdaryo, Past Dargʼom va Urgut tumanlarida boʼldi.
Oqdaryo tumanidagi Kumushkent mahallasida joylashgan 32-umumtaʼlim maktabida oʼquvchilarning yozgi taʼtilni mazmunli oʼtkazishlari maqsadida tashkil etilgan
16 yoʼnalishdagi toʼgaraklar faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, vazir tumandagi “Pichoqchi dry fruits” agro logistika markazida ham boʼldi. “Pichoqchi” MFY beshligi bilan suhbatda boʼlib, ularning mahallani xavfsiz, jinoyatdan xoli hududga aylantirish borasidagi hisoblari tinglandi.
Oqdaryo tumani “Chorbogʼ” MFYda joylashgan kartoshka urugʼlarini koʼpaytirish boʼyicha issiqxona faoliyati ham vazir eʼtiboridan chetda qolmadi.
Past Dargʼom tumanidagi oʼrganishlar doirasida “Kamalak invest tekstilь” korxonasida “Аyollar”, “Yoshlar” va “Temir daftar”larida turuvchi ishsiz fuqarolarning ish bilan taʼminlanganligini, ularga yaratilgan sharoitlar koʼzdan kechirildi.
Vazir Urgut tumani “Xoʼjaguzar” MFYda xotin-qizlar faoli Mavluda Hamdamovaning yashash xonadonida tashkil etilgan hunarmandchilik koʼrgazmasi bilan tanishdi.
Tumanning “Oʼramas” MFYdagi “Sam-Feri” MChJda daftarlarga kiritilgan fuqarolarning ish bilan bandligi hamda sektor rahbarlarining tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi taqdimoti tinglandi.
Oʼrganishlar davomida vazir mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiya va koʼrsatmalar berdi.