21 Sentyabr 2024 yil 1083

Aholining kambag‘al toifasidagi odamlarga munosabatni o‘zgartirish, ularni munosib qo‘llab-quvvatlash, har jihatdan yordamlashish, o‘qish, bilim olish, ishlash, kasb-hunarga jalb etish, salomatligini tiklash borasidagi vazifalar ham muhokama qilindi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Pastdarg‘om tumanida sektor rahbarlari bilan hududda kambag‘allikni kamaytirish, kam ta’minlangan oilalar moddiy farovonligini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.  

Tuman hokimligi mutasaddilari va soha mutaxassislari aholining kambag‘al qatlami bilan ishlashda erishilayotgan samaradorlik, galdagi rejalar xususida ma’lumot berishdi. 

Boshqarma boshlig‘i dabdababozlikka chek qo‘yish, milliy ma’naviyatimizni namoyon qilishda ko‘pni ko‘rgan, hayotiy tajribasi boy nuroniylarning o‘rni va rolini oshirish lozimligini alohida qayd etdi. Ijtimoiy daftarlar odamlarning turmush-sharoitini yaxshilash, ularning moliyaviy imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim yordamchi bo‘lishi kerakligi keltirildi. 

Aholining kambag‘al toifasidagi odamlarga munosabatni o‘zgartirish, ularni munosib qo‘llab-quvvatlash, har jihatdan yordamlashish, o‘qish, bilim olish, ishlash, kasb-hunarga jalb etish, salomatligini tiklash  borasidagi   vazifalar ham muhokama qilindi.  

Text to speech